Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi Uzluksiz kasbiy ta’limni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Sobirov Dilshod Solayevich boshchiligidagi delegatsiya Xalqaro malaka oshirish dasturining ilk kuni Ozarbayjonning go‘zal Boku shahrida samimiy kutib olish bilan boshlandi.
Ishtirokchilar dastur bilan yaqindan tanishib, kelgusi o‘quv mashg‘ulotlari va tajriba almashish jarayonlari bo‘yicha ma’lumot oldilar. Kun yakunida esa Ozarbayjonning milliy madaniyati va mehmondo‘stligi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Mazmunli uchrashuvlar, yangi tanishuvlar va unutilmas taassurotlar bilan xalqaro malaka oshirish dasturining ilk kuniga muvaffaqiyatli start berildi.


