Bugun Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida nufuzli “Yil o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovining uchinchi bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
✅ Ochilish marosimida ishtirokchilarga tanlov sinovlarini o‘tkazish tartibi, baholash mezonlari hamda nizom talablari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Shundan so‘ng ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida qur’a tashlash jarayoni o‘tkazilib, pedagoglarning tanlov sinovlaridagi ishtirok ketma-ketligi belgilandi.
Tanlovda Xorazm viloyati sharafini 26 nafar pedagog himoya qilmoqda.
📌 Tanlov yakunlariga ko‘ra, har bir tuman va shahardan bittadan, jami 208 nafar pedagog g‘olib deb e’tirof etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 264-son qaroriga muvofiq, g‘oliblarning har biri bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari, ya’ni 576 million 800 ming so‘m miqdoridagi bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Barcha ishtirokchilarga tanlov sinovlarida omad tilaymiz!



