Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun


📚 Tarix, interfaol ta’lim va xalqaro pedagogik tajriba uyg‘unligi

Fransiyaning go‘zal Nitsa shahrida umumta’lim maktablari pedagoglari uchun tashkil etilgan malaka oshirish dasturining ilk kuni mazmunli va taassurotlarga boy tarzda boshlandi.

🇺🇿 Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi direktori J.K. Salayev hamda professor-o‘qituvchi N.E. Sabirova boshchiligidagi delegatsiya dastur doirasida xalqaro tajribalarni o‘rganmoqda.

🏛 Kunning birinchi yarmida Francofonia markazi direktori Yann Librati tomonidan tarixiy mashg‘ulot o‘tkazildi. Ochiq osmon ostida va qadimiy tarixiy binolar bag‘rida tashkil etilgan dars orqali ishtirokchilar Fransiyaning tarixi va madaniy merosini bevosita tarixiy muhitda o‘rgandilar.

🎓Kunning ikkinchi yarmida esa Alina xonim tomonidan “Sinf muhiti” mavzusida interfaol mashg‘ulot tashkil etildi. Zamonaviy sinf muhitini yaratish, o‘quvchilar motivatsiyasini oshirish va pedagog-o‘quvchi hamkorligini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.


15-08-2026, 17:28
Ko'rishlar: 28
Sahifani chop etish