Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun


❇️ Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida Goethe Instituti bilan hamkorlikda “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” (KRK va KRS) tadbirlari doirasida nemis tili fani master-trenerlari hamda mentor-o‘qituvchilari uchun qisqa muddatli o‘quvlar boshlandi.

🗓 24–29-avgust kunlari davom etadigan mashg‘ulotlarda nemis tilini o‘qitishning zamonaviy va samarali metodlari, shuningdek, o‘quvchilarning o‘qish, tinglash, gapirish va yozish ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

✨ O‘quvlarda Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi Nemis va fransuz tili fanlari metodisti Ibadullayeva Surayyo  ham faol ishtirok etmoqda.

✅ Mazkur o‘quvlar ishtirokchilarning metodik salohiyatini yanada oshirish, ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish hamda 2026–2027-o‘quv yilida KRK va KRS tadbirlarini samarali tashkil etish uchun muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.


29-08-2026, 15:48
Ko'rishlar: 26
Sahifani chop etish