Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun


❇️ Bugun Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida yozgi tanaffusdan so‘ng Markazimiz yana aziz ustozlarimizning samimiy tabassumi, dildan ko‘rishuvlari va ko‘tarinki kayfiyatlari bilan gavjum bo‘ldi.

📚 Yangi o‘quv mavsumi — yangi maqsadlar, yangi bilimlar va yangi imkoniyatlar sari tashlangan muhim qadamdir. Markazda malaka oshirish kurslarining navbatdagi jarayonlari boshlanib, ustozlar o‘z kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni o‘zlashtirish hamda ilg‘or tajribalarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

✨ Yangi mavsumning ilk kunlariyoq Markazimizda ilm, izlanish, tajriba va hamkorlik muhiti hukm surmoqda.
Zero, zamonaviy ta’lim sifati — doimiy izlanadigan, o‘z ustida ishlaydigan va yangilikka intiladigan pedagogdan boshlanadi.


2-09-2026, 11:37
Ko'rishlar: 28
Sahifani chop etish