❇️ Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida direktor huzurida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
✨Yig‘ilish avvalida bayram tabrigi o‘qib eshittirildi hamda Markaz faoliyatida samarali mehnat qilayotgan xodimlar munosib taqdirlandilar. Jumladan, J. Artiqov, M. Davletova va N. Matkarimovalar munosib mehnatlari uchun taqdirlandilar.
👉 Yig‘ilishda yangi o‘quv yilini samarali tashkil etish, “Bilimlar kuni” tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish, o‘quv jarayonining sifati va samaradorligini oshirish hamda pedagoglarning kasbiy mahoratini yuksaltirish bilan bog‘liq ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
✅ Shuningdek, Markazning yangi binosida yaratilgan sharoitlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilinib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

