Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun

Bugun Ozarbayjon Davlat Pedagogika Universiteti rahbariyati hamda BZT Turon Akademiyasi Prezidenti boshchiligidagi professor-o‘qituvchilardan iborat delegatsiya Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi.

Mehmonlar Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etish uchun tashrif buyurgan bo‘lib, ularning mazkur safarlari ikki tomonlama ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni almashish hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Delegatsiyani Urganch xalqaro aeroportida Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari Matnazarov M., Akademik muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Artikov J. va Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri Sobirova N. samimiy kutib oldilar.
Konferensiya davomida ilmiy ma’ruzalar, munozaralar va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlariga oid uchrashuvlar rejalashtirilgan.


15-05-2025, 17:22
Ko'rishlar: 41
Sahifani chop etish