XORAZM VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI
📚 Pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilar hamda fan metodistlari ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi.
✨ Mashg‘ulotlar davomida zamonaviy va interfaol metodlardan samarali foydalanish, ta’lim jarayonini to‘g‘ri tashkil etish, pedagogik yondashuvlarni takomillashtirish hamda dars samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar va ilg‘or tajribalar taqdim etildi.
👉Shuningdek, kurs tinglovchilar bilan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, ta’lim jarayonida kreativ yondashuv, samarali metodlar va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari namoyish etildi.
📌 Maqsad — pedagoglarning kasbiy mahoratini yuksaltirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish.


