📅 2026-yil 4-sentabr kuni Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida Boshlang'ich ta'lim kurs tinglovchilari uchun yuqori saviyadagi xalqaro seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
🔸 Mazkur mahorat mashg‘uloti Turkiyaning tajribali mutaxassisi,turk tili o‘qituvchisi Suludag Yavuz Hazal xonim tomonidan olib borildi. Zamonaviy til o‘qitish metodikasi, o‘quvchilarda tanqidiy va ijodiy tafakkurni rivojlantirish bo‘yicha o‘zining ilg‘or tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
🔸 Tinglovchilar o‘z soha doirasida dolzarb bo‘lgan ko‘nikmalarni egallash, xalqaro ta’lim amaliyotini chuqurroq o‘rganish va kelgusida ta’lim jarayonlariga samarali integratsiya qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
⚡️Mazkur tadbir xalqaro pedagogik hamkorlikni mustahkamlash, o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ta’lim sifatini yanada yuksaltirishga qaratilgan izchil sa’y-harakatlarning mantiqiy davomidir.
