Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun


❇️ Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi direktori, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Salayev Jasurbek Komilovich Markazda malaka oshirayotgan kurs tinglovchilari bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi.

💬 Suhbat davomida tinglovchilarning taklif va tashabbuslari, fikr-mulohazalari hamda murojaatlari tinglandi. Ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

❇️ Direktor Jasurbek Komilovich har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarni amaldagi tartibda o‘rganish hamda imkon qadar ijobiy hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

📚 Bunday ochiq muloqotlar kurs tinglovchilari uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, ularning takliflarini inobatga olish va ta’lim jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

Bizni kuzatishda davom eting


14-09-2026, 15:52
Ko'rishlar: 23
Sahifani chop etish