Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun


🫥 1-oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilar hamda fan metodistlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

✍️ Tadbirni markaz direktori, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Salayev Jasurbek Komilovich ochib berdi. Direktor o‘z so‘zida ishtirokchilarni yaqinlashib kelayotgan kasb bayrami bilan tabriklab, bellashuvda barchaga muvaffaqiyat tiladi.

✅  Intellektual o‘yin davomida ishtirokchilar murakkab savollar, mantiqiy topshiriqlar va tezkor fikrlashni talab etuvchi vazifalar orqali o‘z bilim va topqirliklarini sinovdan o‘tkazdilar.

⭐ “Zakovat” maydonidagi bellashuv qizg‘in bahs-munozaralar, jamoaviy hamkorlik va yuqori kayfiyatda davom etdi.


25-09-2026, 15:15
Ko'rishlar: 11
Sahifani chop etish