Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun

ASSALOMU ALAYKUM, HURMATLI USTOZLAR, AZIZ HAMKASBLAR!

✅ Siz azizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Ustoz — inson qalbiga ilm va ma’rifat ziyosini olib kiradigan, yosh avlodga bilim berish bilan birga, ularni ezgulik, vatanparvarlik va yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalaydigan ulug‘ kasb egasidir.

Sizlarning fidokorona mehnatingiz, yuksak mas’uliyatingiz va kasbingizga bo‘lgan sadoqatingiz ta’lim taraqqiyoti hamda kelajak avlod kamolida beqiyos ahamiyat kasb etadi.

Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, qalb hotirjamligi, kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar va yangi marralar tilayman. Ilm yo‘lidagi sharafli va mas’uliyatli faoliyatingiz doimo e’zozda bo‘lsin!

⭐ 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
SALAYEV JASURBEK KOMILOVICH


2-10-2026, 09:13
Ko'rishlar: 7
Sahifani chop etish