Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun


✅ 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida markaz faxriylari ishtirokida samimiy va mazmunli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

✍️ Tadbirni markaz direktori, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Salayev Jasurbek Komilovich ochib berib, faxriy ustozlarni qutlug‘ ayyom bilan samimiy muborakbod etdi hamda ularning ta’lim-tarbiya sohasidagi ko‘p yillik fidokorona mehnatini alohida e’tirof etdi.

💐 Tadbir davomida markaz faxriylariga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirilib, ularning pedagogika sohasi rivojiga qo‘shgan munosib hissasi, boy tajribasi va ibratli faoliyatiga yuksak hurmat bildirildi.

🫥  Uchrashuv samimiy suhbatlar, iliq xotiralar va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Faxriy ustozlarning hayotiy tajribalari, qimmatli fikr va tilaklari tadbirga o‘zgacha mazmun bag‘ishladi.

✍️ Ustoz — avlodlar orasidagi ma’naviy ko‘prik. Uning bergan bilimi, tarbiyasi va ezgu saboqlari yillar osha yashaydi.

✨ Aziz ustoz va murabbiylar! Sizlarga chuqur hurmat va ehtiromimizni izhor etamiz. Bayramingiz muborak bo‘lsin!


Вчера, 18:06
Ko'rishlar: 8
Sahifani chop etish