Hurmatli fuqarolar! Rasmiy veb-saytimizda texnik ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan qisqa uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun

BUGUN, 16-may kuni Xorazm Ma’mun akademiyasi hamda Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazi tashabbusi bilan “Maktabgacha va maktab taʼlimida sunʼiy intellekt, raqamli texnologiyalar hamda zamonaviy metodikalardan foydalanish: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

✅Tadbirni iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, faxriy professor Salayev Jasurbek Komilovich ochib berdi. O‘z nutqida u ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt tizimlarining ahamiyatini, shuningdek, innovatsion yondashuvlarni joriy etishning dolzarbligini ta’kidladi.

📱Konferensiyada Ozarbayjon Davlat Pedagogika Universiteti rahbariyati, BZT Turon Akademiyasi Prezidenti boshchiligidagi professor-o‘qituvchilar, nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari, ilmiy-ekspertlar, fan va jamoat arboblari ishtirok etdilar.

Muhokamalarda quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
✔️Ta’lim tizimida sun’iy intellekt texnologiyalarining qo‘llanishi va ularning turlari;
✔️O‘quv jarayonining raqamlashtirilishi orqali ta’lim sifati va samaradorligini oshirish imkoniyatlari;
✔️Pedagogik metodikalarning zamonaviy shakllari va ularning amaliy qo‘llanilishi;

📱Konferensiya ilmiy hamjamiyat uchun dolzarb muammolarni muhokama qilish, zamonaviy texnologiyalarni ta’lim tizimiga integratsiya qilish bo‘yicha ilg‘or tajriba almashish va yangi strategiyalarni belgilab olish uchun muhim maydon bo‘ldi

 (https://t.me/xorazmmalaka)🎤Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi axborot xizmati


16-05-2025, 09:49
Ko'rishlar: 45
Sahifani chop etish