Shrift o'lchami: A A A
Sayt rangi: A A A A
  • Bosh sahifa
  • Sayt xaritasi
  • Mobil versiya
  • Zaif ko'ruvchilar uchun


✅ Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti hamkorligida “Ta’lim jarayonida generativ sun’iy intellektdan foydalanish va onlayn kurslarni ishlab chiqish” mavzusida xalqaro o‘quv-amaliy seminar davom etmoqda.

🤖 Seminar davomida generativ sun’iy intellekt imkoniyatlaridan ta’lim jarayonida samarali foydalanish, zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda onlayn kurslar yaratish masalalariga e’tibor qaratilmoqda.

🤔 Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt malaka oshirish, rahbar kadrlarni tayyorlash, shuningdek, “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” dasturlarining mazmunidan mustahkam o‘rin olgan.

✍️ Seminar doirasida Jorjtaun universiteti professori Yanna Vovides va assistent Albina Yildiz tomonidan generativ sun’iy intellektdan darslarni rejalashtirishda foydalanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

✅ Shuningdek, Google for Education mutaxassislari tomonidan Google’ning sun’iy intellekt vositalaridan dars jarayonida foydalanish hamda AI yordamida baholash topshiriqlarini yaratish imkoniyatlari amaliy namoyish etilmoqda.

⭐️Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi vakillari ham mazkur xalqaro seminarda faol ishtirok etmoqda.


7-10-2026, 11:42
Ko'rishlar: 18
Sahifani chop etish