👉 Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazi tomonidan maktabgacha ta’lim tizimi pedagoglari uchun tashkil etilgan 18 soatlik qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining 2-bosqichi qizg‘in davom etmoqda.
👉Bugun, 1-iyul kuni ushbu bosqichning ikkinchi kuni bo‘lib o‘tmoqda.
📊 “Dolzarb 90 kun” loyihasi asosida tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlarida markazning tajribali va malakali mutaxassislari tomonidan mahorat darslari o‘tkazilmoqda.
👩🏫 O‘qituvchilar zamonaviy yondashuvlar, innovatsion metodlar va amaliy ko‘nikmalar bilan boyitilmoqda. Bu esa ularning kasbiy salohiyatini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.


