Xorazm viloyatining barcha tumanlarida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining yetakchi pedagoglari uchun navbatdagi o‘quv-mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur mashg‘ulotlar davomida mentor-trenerlar ishtirokida Marshall Cavendish Education dasturlarining zamonaviy mazmuni, innovatsion metodik yondashuvlari,shuningdek, ularni mahalliy ta’lim tizimiga samarali integratsiya qilish yo‘llari chuqur o‘rganilmoqda.
✅Asosiy maqsad-maktabgacha ta’lim sifatini oshirish,yetakchi pedagoglarning kasbiy salohiyatini yanada mustahkamlash va ilg‘or amaliy tajribalarni joylarda joriy etishdan iborat.
Bugungi mashg‘ulotlarda trener-mentorlar tomonidan yetakchi pedagoglarga zamonaviy metodik yondashuvlar, interaktiv vositalar hamda amaliy ko‘nikmalar berildi.
🔎 Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazi master-trenerlari mazkur jarayonlarda faol ishtirok etdi hamda mashg‘ulotlar sifati va samaradorligini monitoring qilishda qatnashdi.



