📅 2025-yil 7-avgust
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining
“Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagoglarni yangi dasturlar asosida tayyorlash bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i asosida malaka oshirish ishlari boshlab yuborildi.
🟢Kurs mavzusi:Bolalarning mantiqiy fikrlashi, ijodiy tafakkuri va mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirishda “Kinder Thinkers” dasturining mazmuni va metodik yondashuvlari
👉Kurslar quyidagi hududlarda tashkil etildi:
🔹Xiva shahri
🔹Bog‘ot tumani
🔹Yangibozor tumani
🔹Shovot tumani
Jami 6 604 nafar pedagog ushbu o‘quv kurslarida ishtirok etmoqda
2025-yil 6-avgustdan 19-avgustgacha davom etadi
👉Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazi master-treneri va maktabgacha ta’lim metodisti Hasanova Shahnоza tomonidan o‘quv jarayonlari doimiy monitoring qilinmoqda hamda ularning sifatli tashkil etilishi nazoratga olingan.


