“Jasorat maktablari” – tayyorgarlik qizg‘in davom etmoqda!

“Jasorat maktablari” – tayyorgarlik qizg‘in davom etmoqda!



👉Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazi tajribali fan metodistlari tomonidan  “Jasorat maktablari” chuqurlashtirib o‘qitiladigan fan yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan maqsadli kurs uchun puxta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Ushbu kursda 65 nafar o‘qituvchi ishtirok etishi rejalashtirilgan.

🔹Jarayonni markaz direktorining o‘rinbosarlari Polvonova Yulduzxon Saparboyevna va Matnazarov Muzaffar Kutlimuratovich kuzatib, samarali tavsiyalar berdilar.

📅 Eslatma: 2025-yil 18–22-avgust kunlari o‘tkaziladigan “Jasorat maktabi” tadbirida ishtirokchilar zamonaviy metodika, innovatsion yondashuv va ijodiy ishlash bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarini yanada rivojlantiradilar.

Maqsad-pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish va ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish!
15-08-2025, 15:12
Sahifaga qaytish