Inklyuziv ta’lim bo‘yicha seminar

Inklyuziv ta’lim bo‘yicha seminar



🤔2025-yil 8–9-sentabr kunlari Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tashabbusi bilan “Ishonch 2030 – O‘zbekistonda ta’limni rag‘batlantirish: AKT va raqamli ta’limdan foydalanish orqali sifatli va inklyuziv ta’lim natijalarini ta’minlash” loyihasi doirasida seminar tashkil etildi.

⚙️Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi pilot maktablar rahbar va o‘qituvchilari, shuningdek markaz professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar. Tadbir davomida chet el professor-o‘qituvchilari va master-trenerlari amaliy mashg‘ulotlarni olib borib, ishtirokchilarga ilg‘or tajribalar va samarali yondashuvlarni taqdim etdilar.

⚠️ Tadbirga markaz direktori, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, faxriy professor  Salayev Jasurbek Komilovich rahbarlik qildi.

⚡ Ushbu tadbirning bosh maqsadi — har bir bola uchun sifatli, inklyuziv va teng ta’lim imkoniyatlarini yaratishdir.

9-09-2025, 09:34
Sahifaga qaytish