Xorazm viloyatida mentor-o‘qituvchilar uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari boshlandi

Xorazm viloyatida mentor-o‘qituvchilar uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari boshlandi


⏩2025–2026-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini samarali tashkil etish maqsadida 2025-yil 9–11-sentabr kunlari A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida master-trenerlar uchun qisqa muddatli o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 30-iyundagi 216-son buyrug‘i asosida mentor-o‘qituvchilarni xalqaro dasturlar asosida tayyorlash vazifasi belgilangan.

✅Bugun, 17-sentabr kuni Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida mentor-o‘qituvchilar uchun amaliy mashg‘ulotlar boshlandi. Tadbirni markaz direktori Salayev Jasurbek Komilovich ochib, kurslarning ahamiyati va maqsadlari haqida so‘z yuritdi.

🗓Eslatib o'tamiz o‘quv mashg‘ulotlari fanlar kesimida 25-sentabrga qadar davom etadi.

17-09-2025, 16:55
Sahifaga qaytish