"Davlat va huquq asoslari" tinglovchilari uchun interfaol mahorat darsi tashkil etildi

"Davlat va huquq asoslari" tinglovchilari uchun interfaol mahorat darsi tashkil etildi

2025-yil 19-sentabr kuni Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida “Davlat va huquq asoslari” kursi tinglovchilari ishtirokida navbatdagi mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulotni markaz direktorining ta’limni rivojlantirish bo‘yicha xorijiy maslahatchisi Solomons Donovan Benedict olib bordi.

👍Dars davomida interfaol ta’lim metodlaridan samarali foydalanish, ularning o‘quv jarayonidagi ahamiyati hamda natijadorligi xususida so‘z yuritildi.
👍 Tinglovchilar mashg‘ulotda faol ishtirok etib, o‘zaro fikr almashish va amaliy tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

⏩ Bunday mahorat darslari markazning Fanlarni rivojlantirish bo‘limi tomonidan tizimli ravishda davom ettirilishi rejalashtirilgan.
19-09-2025, 16:32
Sahifaga qaytish