✅Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazi Fanlarni rivojlantirish bo‘limi tomonidan tashkil etilgan “Ona tili va adabiyoti” fani bo‘yicha malaka oshirish kursi tinglovchilari Xiva shahrida joylashgan Prezident maktabiga tashrif buyurishdi.
✅Tashrif davomida tinglovchilar Prezident maktabida yaratilgan zamonaviy ta’lim muhitini, ilg‘or pedagogik texnologiyalar va innovatsion yondashuvlarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Maktab o‘qituvchilari tomonidan ochiq dars mashg‘ulotlari va amaliy ko‘rsatmalar tashkil etilib, tajriba almashish uchun qulay muhit yaratildi.
🤔Shuningdek, kurs tinglovchilari Prezident maktabining ilg‘or moddiy-texnik bazasi, interfaol ta’lim vositalari va o‘quvchilar uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida ta’lim sifatini oshirish, dars samaradorligini ta’minlash hamda zamonaviy pedagogik metodlarni qo‘llash borasida fikr almashildi.
⚡Mazkur tashrif tinglovchilar uchun katta amaliy ahamiyat kasb etib, ularning kasbiy kompetensiyalarini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.



