✍️ Jarayon davomida tinglovchilar nazariy bilimlari bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarini ham namoyon etishdi.
✍️ Mikrodarslar jarayonida pedagoglar innovatsion yondashuvlar va zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish borasidagi mahoratlarini ko‘rsatib berishdi.
✅Mazkur jarayonlarda markaz direktori Salayev Jasurbek Komilovich hamda Akademik faoliyat bo‘yicha direktor o‘rinbosari Polvonova Yulduzxon Saparboyevna ishtirok etib, jarayonlarni kuzatishdi hamda tinglovchilarga muvaffaqiyat tilashdi.
👩🎓 Attestatsiya yakunlariga ko‘ra, tinglovchilar muvaffaqiyatli tarzda sinovlardan o‘tib, o‘z pedagogik mahorat va malakalarini yanada mustahkamlashdi.



