✅ 26-sentabr kuni Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida o‘tkazilgan navbatdagi bosqichda, 18 nafar mentor-trener uchun master-trenerlar tomonidan maxsus seminar-trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
✅Tadbir yakunida mentor-trenerlarga sertifikatlarni markaz direktori, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, faxriy professor Salayev Jasurbek Komilovich tomonidan tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, ishtirokchilarga direktorimizning mualliflik asari — “Tabarruk ta’lim maskanim” kitobi sovg‘a qilinib, kelgusi faoliyatlarida yuqori natijalar va samarali yutuqlar tiladi.
🤔Mazkur tadbir pedagogik salohiyatni rivojlantirish, metodik mahoratni oshirish hamda zamonaviy ta’lim jarayoniga yangi yondashuvlarni tatbiq etishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.



