✅Mazkur mahorat darsida zamonaviy VR (virtual reallik) texnologiyalarining ta’lim sohasidagi imkoniyatlari, ularning dars jarayonini interaktiv va samarali tashkil etishdagi o‘rni yoritib berildi. Tinglovchilarga “MetaQuest 3” qurilmasi orqali virtual muhitda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, ushbu texnologiyaning informatika fanini o‘qitishda qo‘llash yo‘llari amaliy tarzda namoyish etildi.
🗣Shuningdek, mahorat darsi davomida raqamli pedagogika, sun’iy intellekt asosida ishlovchi ta’limiy dasturlar, AR/VR texnologiyalarining o‘quv jarayoniga integratsiyalashuvi haqida batafsil ma’lumot berildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va bu kabi zamonaviy uslublarni o‘z amaliyotlariga qanday tatbiq etish mumkinligi yuzasidan fikr almashdilar.
🤔Mazkur tadbir tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi va ularning kasbiy kompetensiyalarini oshirishda muhim omil bo‘ldi.


