Goethe-Institut O‘zbekiston filiali va Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazi hamkorligidagi besh kunlik seminar-trening boshlandi

Goethe-Institut O‘zbekiston filiali va Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazi hamkorligidagi besh kunlik seminar-trening boshlandi

Bugun, 2025-yil 13-oktabr kuni, Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida Goethe-Institut O‘zbekiston filiali bilan hamkorlikda o‘qituvchilarning til kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan besh kunlik seminar-trening mashg‘ulotlari o‘z ishini boshladi.

✅Tadbirni markaz direktori Salayev Jasurbek Komilovich ochib berib, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi hamda ushbu tashabbusning ta’lim sifatini oshirishdagi ahamiyatini ta’kidladi.

✅Seminarda Goethe-Institut O‘zbekiston filiali vakillari — tajribali multiplikator Farida Gabdukhakova, malaka oshirish loyihalari bo‘yicha xodim Shoira Urinbayeva hamda ko‘ngilli amaliyotchi Aris Yalamov ishtirok etmoqda.

✍️Mashg‘ulotlar doirasida B2 darajadagi imtihonga tayyorgarlik kursi ham tashkil etilib, o‘qituvchilarning xorijiy til ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, o‘qitish jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish ko‘zda tutilgan.

☑️Eslatib o'tamiz seminar besh kun davom qiladi.
13-10-2025, 14:29
Sahifaga qaytish