✍️Mazkur tashrif davomida o‘qituvchi Ozarbayjon ta’lim tizimi, tarixiy merosi, madaniyati va ta’lim jarayonidagi ilg‘or tajribalari bilan yaqindan tanishmoqda. Shuningdek, xalqaro tajriba almashinuvi orqali o‘z kasbiy mahoratini yanada oshirish, ta’lim sifatini yuksaltirishga qaratilgan yangi g‘oyalar va metodik yondashuvlarni o‘rganish rejalashtirilgan.
🇺🇿🤝🇦🇿Bu kabi xorijiy malaka oshirish dasturlari o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, o‘zaro tajriba almashish va ta’lim sifatini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

