✅Tadbirda markaz pedagog o‘qituvchilari hamda kurs tinglovchilari ishtirok etdilar.
Seminarda:
✅Vaisov Azad Xasanovich – Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi mudiri, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent,
✅ Sobirov Qahramon Salayevich – Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti, fransuz tili fani o‘qituvchisi,
✅ Begliyev Sanjar Reymbergenovich – Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi, biologiya fani mutaxassisi
ishtiorkchilar bilan o‘z tajribalari, ilmiy maqola yozish bo‘yicha metodik tavsiyalari hamda ilmiy natijalarni rasmiylashtirish jarayonlari yuzasidan amaliy ko‘rsatmalar bilan o‘rtoqlashdilar.
🫥Seminar davomida ilmiy maqola tuzilishi, manbalar bilan ishlash, ilmiy uslubni to‘g‘ri qo‘llash, hamda ilmiy nashrlar talablariga rioya etish masalalari atroflicha yoritildi.
⚙️Mazkur tadbir markaz pedagoglari va kurs tinglovchilari uchun ilmiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish, izlanish madaniyatini shakllantirish hamda ilmiy natijalarni rasmiylashtirishda amaliy yordam berdi.

