TABRIK

TABRIK

Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, faxriy professor Salayev Jasurbek Komilovichni “DOTSENT” unvoni bilan samimiy muborakbod etamiz!

Ushbu yuksak ilmiy unvon Sizning ko‘p yillik samarali mehnatingiz, ilmiy izlanishlaringiz hamda ta’lim-tarbiya sohasidagi fidokorona faoliyatingizning munosib e’tirofidir. Sizning rahbarligingiz ostida markaz jamoasining pedagogik salohiyati yuksalib, ta’lim sifatini oshirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar mamlakat ta’lim tizimida o‘zining munosib o‘rnini egallamoqda.

Mazkur yutuq Sizga yangi ilmiy g‘oyalar, ijodiy ilhom va kelgusi faoliyatingizda yanada katta zafarlar tilaymiz. Ishlaringizga rivoj, sihat-salomatlik va muvaffaqiyat yor bo‘lsin!

Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazi jamoasi
28-10-2025, 11:42
Sahifaga qaytish