PEDAGOGLAR MALAKASINI OSHIRISH-YANGI TIZIM, YANGI YONDASHUV

PEDAGOGLAR MALAKASINI OSHIRISH-YANGI TIZIM, YANGI YONDASHUV

Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida yangi tizim asosida tashkil etilgan malaka oshirish kurslari doirasida noyabr oyiga mo‘ljallangan mashg‘ulotlar izchil davom etmoqda.

✅Mazkur mashg‘ulotda professor-o‘qituvchilar, fan metodistlari ishtirok etib zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion metodlar va interfaol yondashuvlarga tayanib olib borilmoqda. Tinglovchilar ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, dars sifati va o‘quvchilar faolligini oshirishga qaratilgan ilg‘or usullarni amaliy o‘rganmoqda.

✍️Mashg‘ulotlarda kurs tinglovchilar o‘zaro tajriba almashish, ijodiy fikrlashni rivojlantirish hamda kasbiy salohiyatni yuksaltirishga xizmat qiluvchi interaktiv faoliyatlarda faol ishtirok etmoqda.

🌐Ushbu jarayonlar pedagoglarning zamonaviy ta’lim talablariga mos professional o‘sishini ta’minlash, ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda.
5-11-2025, 13:48
Sahifaga qaytish