😎Tadbir avvalida markaz direktori, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent, faxriy professor Jasurbek Salayev hamda markaz mas’ullari mehmonlarni samimiy kutib oldilar. Markaz direktori o‘z qabulxonasida professor Jabbor Eshonqulov va faxriy mehmonlar bilan iliq suhbat o‘tkazdi. Suhbat davomida olimning boy ilmiy faoliyati, o‘zbek adabiy tafakkuriga qo‘shgan ulkan hissasi hamda yosh avlodni ilmga yo‘naltirishdagi o‘rni haqida so‘z bordi. Mehmonlarga estalik sovg‘alari topshirildi, shuningdek, markaz direktori mualliflik asari — “Tabarruk ta’lim maskanim” kitobi taqdim etildi.
😎Shundan so‘ng mehmonlar markazning Pedagogik mahorat muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Muzeydagi tarixiy eksponatlar, metodik yangiliklar va ustozlar faoliyatiga oid ma’lumotlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.


