XORAZM VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZIDA ILMIY-AMALIY ANJUMAN BO‘LIB O‘TDI

XORAZM VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZIDA ILMIY-AMALIY ANJUMAN BO‘LIB O‘TDI

BUGUN, 7-noyabr kuni Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi direktori, O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti yetakchi ilmiy xodimi, taniqli folklorshunos, filologiya fanlari doktori, professor Jabbor Eshonqulovning 60 yillik yubileyiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman va kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

💤Tadbirni markaz direktori, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent, faxriy professor Jasurbek Salayev ochib berdi. U o‘z nutqida professor Jabbor Eshonqulovning ilmiy faoliyati, o‘zbek folklorshunosligi rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi hamda yosh avlodni ilm-fanga yo‘naltirishdagi xizmatlari haqida so‘z yuritdi.

Anjuman ilmiy qismida O‘zbekiston va xorijdan taniqli olimlar ishtirok etdilar:

😄Maqsud Asadov – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktor o‘rinbosari, filologiya fanlari doktori, professor

😄Dilshod G‘oyipov – Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Filologiya va san’at fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori, professor

😄Aynur Ibrahimova – Ozarbayjon ilmlar akademiyasi Folklor instituti filologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim

😄San’at Sariyev – Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori

😄Mohichehra Ro‘ziyeva – Buxoro davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

😄Nasiba Sabirova – Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor

😄Jabbor Eshonqulov – Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi direktori, filologiya fanlari doktori, professor

😎Ma’ruzachilar olimning “Epik olam: motiv va obraz tadqiqi” hamda “Mifologik tafakkur talqini” asarlarining o‘zbek adabiyoti, xalq og‘zaki ijodi va mifologik tafakkur tadqiqotlaridagi ilmiy ahamiyatini yuksak baholadilar.

❤️‍🔥Tadbirning badiiy qismida “Ona tili va adabiyot” kursi tinglovchilari professorning she’rlarini badiiy ifoda bilan o‘qib berdilar, aforizmlaridan sahna ko‘rinishlarini namoyish etdilar hamda olim asarlaridan ilhomlanib yaratilgan kuy va qo‘shiqlarni ijro etdilar.
7-11-2025, 15:54
Sahifaga qaytish