✅Darsni markaz direktorining ta’limni rivojlantirish bo‘yicha xorijiy maslahatchisi Solomons Donovan Benedict olib bordi. Mashg‘ulot davomida ishtirokchilarga zamonaviy ta’lim metodlari, interfaol yondashuvlar hamda kommunikativ o‘qitish tamoyillari amaliy misollar orqali tushuntirildi.
🤔Ta’lim jarayoni o‘zaro fikr almashish, jamoaviy faoliyat va muammoli vaziyatlarni tahlil qilishga asoslandi. Bunday yondashuv tinglovchilarning faolligini oshirib, nazariy bilimlarning amaliy ko‘nikmaga aylanishiga xizmat qildi.

