KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH OYLIGI DOIRASIDA TADBIR O‘TKAZILDI

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH OYLIGI DOIRASIDA TADBIR O‘TKAZILDI

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 28-oktabrdagi 412-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligini o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan
↪️BUGUN, 12-noyabr kuni Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

✅Tadbirda Markaz xodimlari va kurs tinglovchilari ishtirok etdi. Unda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, odob-axloq qoidalariga rioya etish hamda davlat xizmatchilarining halollik va mas’uliyat tamoyillariga amal qilish masalalari muhokama qilindi.

🎙Ma’ruzachilar sifatida:
✅Xasanov Alisher Allaberganovich - Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurash va huquqiy nazorat bo‘yicha bosh mutaxassisi,
✅Matnazarov Muzaffar Kutlimuratovich - Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari 
✅Artikov Jumaniyoz Otabayevich - Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi Akademik faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i
✅Nazarov Sardorbek Bozorboyevich - Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi Korrupsiyaga qarshi kurash va huquqiy nazorat bo‘yicha mutaxassisi qatnashib, mazkur yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan atroflicha ma’lumot berishdi.

💬Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini yuksaltirish, halollik muhitini mustahkamlash va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🕊Mazkur tashabbus orqali pedagogik jamoada huquqiy ongni oshirish, mas’uliyat va halollik tamoyillariga amal qilish madaniyatini shakllantirish maqsad qilingan.
12-11-2025, 14:44
Sahifaga qaytish