Mahorat darsi

Mahorat darsi


🎨O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi uyushma a’zosi Nodira Jumaniyazova bugun Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida o‘tkazilgan mahorat darsida ishtirok etdi.

🤔Tadbir davomida u zamonaviy tasviriy san’at yo‘nalishlaridan biri-syurrealizm oqimida ishlangan o‘z asarlari orqali ijodiy fikrlash, rang uyg‘unligi va badiiy ifoda vositalarini tinglovchilarga namoyish etdi.

✍️Uning chiqishi tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi, san’atga bo‘lgan qiziqish va ijodiy ruhni yanada mustahkamladi. 

✨Kelajakda yosh avlodda san’atga mehr va estetik didni shakllantirishga xizmat qiladi.
12-11-2025, 14:46
Sahifaga qaytish