BUGUN, 14-noyabr kuni Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazining “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi tomonidan “Ijtimoiy muhitdagi muammo va yechimlarda psixologlarning o‘rni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda tajribali mutaxassis, bir qator psixologik asarlar muallifi Shavkat Razzaqov ishtirok etib, psixologlarning jamiyatdagi o‘rni, dolzarb ijtimoiy muammolarning yechimida ularning mas’uliyati hamda zamonaviy psixologik yondashuvlarning amaliy ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berdi. Mutaxassis o‘zining ilmiy-amaliy tajribalariga tayangan holda tinglovchilar bilan fikr almashdi.

↪️Davra suhbatida professor-o‘qituvchilar, umumta’lim maktablarining amaliyotchi psixologlari – malaka oshirish kursi tinglovchilari, shuningdek Pedagogik mahorat markazining boshqa yo‘nalishlarida tahsil olayotgan tinglovchilar ishtirok etib, mazkur mavzu yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar.
14-11-2025, 16:02
Sahifaga qaytish