Davlat bayrog‘i — bu millatning o‘zligi, milliy g‘urur va milliy iftixoridir!

Davlat bayrog‘i — bu millatning o‘zligi, milliy g‘urur va milliy iftixoridir!

18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

🇺🇿Jamiyatimiz a’zolarida milliy g‘urur va milliy iftixor tuyg‘ularini yanada rivojlantirish, barchaga bayramona kayfiyat ulashish maqsad qilingan mazkur tadbirda markazning barcha kurs tinglovchilari faol ishtirok etdi.

🇺🇿Tinglovchilar uchun davlatimiz bayrog‘i to‘g‘risida tayyorlangan viktorina savollarida davlat bayrog‘ining nufuzi, bayroq tarixi, ranglari, dizayni va milliy bayrog‘imizning iftixor tuyg‘usini o‘zida aks ettiruvchi qator savollar jamlangan bo‘lib, ular katta qiziqish uyg‘otdi.

🇺🇿Markazning “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi”, “Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikasi” kafedralari professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilgan tadbir doirasida “Eng chiroyli Vatan bayrog‘i” mavzusida rasmlar tanlovi ham bo‘lib o‘tdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra g‘oliblar quyidagicha aniqlangan:
🥇 1-o‘rin — Ahmadjanova Malika Rasulbek qizi
🥈 2-o‘rin — Allaberganova Nasiba Abdullayevna
🥉 3-o‘rin — Urinova Zuxrajon

VATAN BAYROG‘I
Yurt bayrog‘in har joygamas,
Ko‘nglingga ek. Ko‘ksingni o‘y.
Ishlov bergin, yumshatib tur
Ildiz otsin, ko‘rsatsin bo‘y.

To bu bayroq, Vatan, nurlar
Ich-ichingga ketsin kirib.
Toki g‘anim — vatanxo‘rlar,
Ololmasinlar sug‘urib.

Shunday o‘rgat qulni, xonni,
Uchmas qush ham uchar bo‘lsin.
To bayroqdan oldin jonni
Bermoq oson kechar bo‘lsin.

Halima Xudoyberdiyeva,
O‘zbekiston xalq shoiri
18-11-2025, 21:44
Sahifaga qaytish