XORAZM VILOYATI O‘QITUVCHILARI OZARBAYJONDA

XORAZM VILOYATI O‘QITUVCHILARI OZARBAYJONDA

Xorazm viloyati o‘qituvchilarining Ozarbayjonda xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etayotgani — ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikning amaliy ifodasidir. 

🔹Ushbu dastur:

✔️Pedagoglarga Ozarbayjonning ilg‘or ta’lim tizimi va metodikasi bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.

✔️Tajriba almashish orqali o‘qituvchilar dars jarayonlarini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha yangi g‘oyalar oladilar.

✔️Zamonaviy pedagogik yondashuvlarni o‘zlashtirish orqali ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

🤔Dastur o‘qituvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ilg‘or xalqaro tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish va ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etishga qaratilgan.

✅Mashg‘ulotlarni Gumbatova Farida Agigat qizi- boshlang'ich ta'lim bo'yicha mutaxassis va Demirova Zarifa Valad qizi- Tahsil markazi rahbari, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsentlar olib bordilar.

🤔Ushbu xalqaro hamkorlik dasturi xorazmlik o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
18-11-2025, 21:48
Sahifaga qaytish