Bugun noyabr oyida tashkil etilgan 100 soatlik malaka oshirish kurs tinglovchilarining yakuniy attestatsiya sinovlari o‘tkazildi.
Bunda o‘qituvchilarning kurs davomida o‘rgangan bilim va ko‘nikmalari baholanadi.
🤔Yakuniy attestatsiya test, loyiha ishi va mikrodars taqdimoti shaklida olib borildi. Tinglovchilar o‘zlari tanlagan mavzularda mustaqil ishlash hamda pedagogik yondashuvlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini namoyish etdilar.