"Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi" kafedrasida Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan davra suhbati o‘tkazildi

"Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi" kafedrasida Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan davra suhbati o‘tkazildi

Bugun Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazining “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda tarix va tarbiya fani o‘qituvchilari guruhlari tinglovchilari hamkorligida Xalqaro nogironlar kuniga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

✍️Tadbirning asosiy maqsadi - nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, inklyuziv ta’lim va insonparvarlik tamoyillarini keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.

✍️Davra suhbati davomida ishtirokchilar nogironligi bo‘lgan insonlar uchun yaratilayotgan davlat dasturlari, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, yosh avlodning mas’uliyati hamda bag‘rikenglik va ijtimoiy hamjihatlikning ahamiyati haqida fikr almashdilar.

🤔Tadbir yakunida esa nogironligi bo‘lgan shaxslarga hurmat, e’tibor va ko‘mak ko‘rsatish - jamiyatning har bir a’zosi uchun sharafli burch ekani alohida ta’kidlandi.

3-12-2025, 15:05
Sahifaga qaytish