✅Dastlab bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun “Aql quvvati” nomli mahorat darsi tashkil etilib, o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashi, tahliliy yondashuvi va kreativ salohiyati rivojlantirildi.
✅Shundan so‘ng “O‘qituvchi - inson qalbining muhandisi” mavzusida ochiq suhbat o‘tkazildi. Suhbat davomida pedagog kasbining jamiyatdagi o‘rni, ta’lim tizimidagi imkoniyatlar, shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya pedagogik oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish istiqbollari haqida batafsil ma’lumot berildi.
✅Tadbir doirasida markazning rus tili fani bo‘yicha tajribali metodisti Sharipova Shahnoza Ravshanbek qizi tomonidan “Ta’limiy platformalardan foydalanish (Kahoot platformasi asosida)” mavzusida interaktiv master-klass namoyish etilib, raqamli platformalardan samarali foydalanishning amaliy jihatlari ko‘rsatib berildi.
Kasbiy rivojlanish kuni va Kasbiy rivojlanish soati jarayonlari bilan yaqindan tanishib, o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar. Shuningdek, o‘quv jarayonini tahlil qilish maqsadida 6-sinf tarix darsini kuzatib, metodik jarayon bo‘yicha o‘z kuzatuvlarini bildirdilar.



