“Ma’rifat soati” tadbiri

“Ma’rifat soati” tadbiri

2025-yil 11-dekabr kuni Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi hamda Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Urganch shahar bo‘linmasi kengashi hamkorligida malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Markaziy Osiyo – yangi davr ostonasida” nomli maqolasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan “Ma’rifat soati” tashkil etildi.

✍️Tadbir malaka oshirish jarayonining ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishini kuchaytirish, tinglovchilarning siyosiy dunyoqarashi va mintaqaviy jarayonlarga oid bilimlarini boyitish maqsadida o‘tkazildi.

➡️Tadbir davomida quyidagi masalalar atroflicha yoritildi:
✅Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan mintaqaviy hamkorlik jarayonlari;
✅Mintaqada ishonchli muloqot va samarali hamkorlik mexanizmlarining shakllanishi;
✅Hudud taraqqiyoti, xavfsizlik va istiqboldagi strategik yondashuvlar;
✅Markaziy Osiyoning barqarorlik, rivojlanish va bunyodkorlik hududiga aylanish omillari.

🤔Tadbirda markazning professor-o‘qituvchilari, metodistlar, malaka oshirish kurslari tinglovchilari, shuningdek, Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Urganch shahar bo‘linmasi kengashi vakillari ishtirok etib, mavzu yuzasidan fikr almashdilar.
11-12-2025, 12:30
Sahifaga qaytish