Seminar-trening

Seminar-trening

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 28-apreldagi PF-73-son Farmoni, 2025-yil 15-may kuni Prezident Sh.M. Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 30-iyuldagi 262-son va 2025-yil 20-avgustdagi 300-son buyruqlar ijrosini ta’minlash maqsadida tizimli ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida bugun Ozarbayjonda malaka oshirib qaytgan mentor ustozlar, shuningdek, xorijiy davlatlarda malaka oshirayotgan pedagog kadrlar tomonidan Markazda ta’lim olayotgan tinglovchilar uchun tajriba almashish, innovatsion yondashuvlarni targ‘ib etish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim amaliyotiga joriy etish maqsadida seminar-treninglar tashkil etildi.

Tadbirni Pedagogik mahorat markazi direktori, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent va faxriy professor Salayev Jasurbek Komilovich ochib berib, o‘qituvchilar malakasini oshirish, raqamli pedagogika ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xalqaro tajriba almashinuvini ta’lim jarayoniga izchil tatbiq etishning muhim ahamiyatini ta’kidladi.

✍️Seminar jarayonida xorijiy ta’lim tizimlarida qo‘llanilayotgan zamonaviy va innovatsion pedagogik metodlar, inklyuziv ta’lim yondashuvlari, ta’lim jarayonida sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni qo‘llash, dars samaradorligini oshiruvchi metodik yechimlar hamda o‘quv faoliyatini optimallashtirishga xizmat qiluvchi ilg‘or usullar atroflicha o‘rganildi.
12-12-2025, 15:12
Sahifaga qaytish