XORAZM VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI “ZOR!” (“KLASS”)

XORAZM VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI “ZOR!” (“KLASS”)

Bugun, 19-dekabr kuni sentyabr–dekabr oylarida Pedagogik mahorat markazida faoliyat olib borayotgan xorijlik ekspert 

🇺🇿🤝🇷🇺O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlik asosida Rossiya Federatsiyasi, Sankt-Peterburg shahridagi A.I. Gersen nomidagi Davlat pedagogika universitetining yetakchi metodisti, xorijiy ekspert Starostina Katerina Sergeyevna  ish faoliyati muvaffaqiyatli yakunlandi.

✍️Uch oy davomida “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Masharipova Shoira Raxmanovna hamda rossiyalik metodist Starostina Katerina Sergeyevna hamkorligida “Практический курс грамматики русского языка” nomli o‘quv qo‘llanmasi tayyorlandi. Bugun rus tili fani tinglovchilari guruhi ishtirokida mazkur o‘quv qo‘llanmasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

↪️Taqdimot tadbirini markazimizning Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.K. Matnazarov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbirda “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi o‘qituvchilari hamda rus tili fani bo‘yicha malaka oshirayotgan tinglovchilar faol ishtirok etdilar.

🤔Shuningdek, loyiha doirasidagi samarali hamkorlik va ko‘rsatilgan yuksak kasbiy ko‘mak uchun Rossiya Davlat Pedagogika universiteti metodisti Starostina Katerina Sergeyevna markaz rahbariyati hamda  markazimizda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilarga loyiha rahbari — pedagogika fanlari doktori, professor, Rossiya Ta’lim Akademiyasining (RAO) muxbir-a’zosi Yu. A. Komarova nomidan tashakkurnoma taqdim etdi. Unda ijodiy yondashuv, yuqori kasbiy mahorat hamda rus tilini o‘qitish jarayonida namoyon etilgan professional faoliyat alohida e’tirof etildi.
19-12-2025, 15:51
Sahifaga qaytish