PIRLS TADQIQOTI DOIRASIDA O‘QISH SAVODXONLIGINI BAHOLASH VA RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA TRENING YAKUNLANDI

PIRLS TADQIQOTI DOIRASIDA O‘QISH SAVODXONLIGINI BAHOLASH VA RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA TRENING YAKUNLANDI

A. Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat markazi institutida PIRLS xalqaro tadqiqoti doirasida o‘qish savodxonligini baholash va rivojlantirishga qaratilgan trening muvaffaqiyatli yakunlandi.

✍️Treningda Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi rahbar va xodimlari — M. Matnazarov, N. Qo‘chqorova va R. Jumaniyozova faol ishtirok etib, o‘qish savodxonligini baholashning zamonaviy yondashuvlari hamda amaliy mexanizmlarini o‘rganishdi.Trening davomida ishtirokchilarning nazariy bilimlari amaliy mashg‘ulotlar orqali mustahkamlandi. 

✍️Mazkur trening yakunida ishtirokchilarning barchasiga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.
8-01-2026, 21:05
Sahifaga qaytish