✍️Mashg‘ulotni markaz direktorining ta’limni rivojlantirish bo‘yicha xorijiy maslahatchisi Solomons Donovan Benedict olib bordi. Dars jarayonida zamonaviy ta’lim tizimida keng qo‘llanilayotgan ilg‘or pedagogik metodlar, interfaol yondashuvlar hamda kommunikativ o‘qitish tamoyillari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi. Mazkur pedagogik texnologiyalar amaliy misollar asosida izchil tushuntirildi.
✍️Mahorat darsi tinglovchilarning fikrlash faolligini oshirish, jamoaviy hamkorlikni rivojlantirish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish hamda nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalarga aylantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, mashg‘ulotlar interfaol metodlar asosida samarali tashkil etildi.



