Amaliy mashg‘ulotdan lavha

Amaliy mashg‘ulotdan lavha

Bugun “Texnologiya fani o‘qituvchilari” uchun tashkil etilgan malaka oshirish kursi doirasida navbatdagi amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.

✍️Mazkur mashg‘ulot “Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikasi” kafedrasi mudiri, tajribali mutaxassis Sherzod Kenjayev hamda Urganch shahar 2-umumta’lim maktabi texnologiya fani o‘qituvchisi Ruzmetova Zumrad hamkorligida samarali tashkil etildi.

🧵Amaliy mashg‘ulot jarayonida tinglovchilar kashtachilikning cho‘qima kashta uslubi asosida ijodiy ishlar tayyorladilar. Mashg‘ulot davomida milliy hunarmandchilik an’analarini amaliy jihatdan o‘rganish, ijodiy fikrlashni rivojlantirish hamda kasbiy ko‘nikmalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

✨Tinglovchilar tomonidan bajarilgan ijodiy ishlar katta qiziqish bilan taqdim etilib, mashg‘ulot yakunida ijobiy baholandi.
9-01-2026, 16:07
Sahifaga qaytish