Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi

Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi

Joriy yilning 9-yanvar kuni Pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko'rsatish bo‘limi metodistlari tomonidan “Metodik tur” yo‘nalishi doirasida o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari nisbatan past bo‘lgan umumta’lim muassasalarida o‘quv seminar-treninglar tashkil etildi.

✍️Mazkur seminarlar davomida “Refleksiya metodi”, “Ta’lim jarayonida AKTning o‘rni”, “Ta’limdagi islohotlar” hamda “O‘qituvchi motivatsiyasi” mavzularida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

✍️Tadbirlar davomida pedagoglarga zamonaviy ta’lim usullari va raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish, dars sifatini oshirish bo‘yicha metodik tavsiyalar berildi. Mazkur seminar-treninglar pedagoglarning metodik mahoratini oshirish, dars jarayonini takomillashtirish va ta’lim natijalarini yaxshilashga xizmat qildi.
9-01-2026, 16:09
Sahifaga qaytish