PEDAGOGLAR MALAKASINI OSHIRISH – YANGI TIZIM, YANGI YONDASHUV

PEDAGOGLAR MALAKASINI OSHIRISH – YANGI TIZIM, YANGI YONDASHUV

Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida pedagog kadrlar malakasini oshirishning yangi tizimi asosida tashkil etilgan o‘quv kurslari doirasida yanvar oyiga rejalashtirilgan mashg‘ulotlar izchil va tizimli ravishda davom etmoqda.

✍️Mazkur kurslar markazning tajribali professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilmoqda va ular nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan metodik yondashuvlarni o‘z ichiga oladi.

✍️Mashg‘ulotlar davomida tinglovchilar nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamlash, balki amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘lib, pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish va ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan.

🤔Ushbu yangi tizim shu bilan birga, pedagoglarning kasbiy salohiyati oshiriladi va ta’lim sifatini doimiy ravishda yaxshilashga imkon yaratadi.
12-01-2026, 15:11
Sahifaga qaytish